Yagona identifikatsiya (id.egov.uz) tizimi OneID da jismoniy shaxsni ro'yxatdan o'tkazish

"Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali"da shaxsiy kabinetga kirish uchun quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:

my.gov.uz saytiga kirib “Kirish” tugmasini bosing.

Siz avvaldan “Raqamli hukumat” tizimi foydalanuvchilarini Yagona identifikatsiya tizimi OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz shaxsiy login va parolingizni kiritib Yagona portalda avtorizatsiyadan o‘tishingiz mumkin.

Agarda Siz OneID tizimida avval ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz:

Foydalanuvchilar kelishuvi bilan tanishib chiqing va “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosib quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:

Ro‘yxatdan o‘tish oynasida tegishli maydonchalarga:

  • Pasportingizga ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingizni kiriting va kodli SMS olish tugmasini bosing..

Telefon raqamingizga SMS orqali kelgan kodni SMS orqali kelgan kod maydoniga kiriting, so‘ngra “Keyingi” tugmasini bosing.

Ushbu oynada OneID tizimi uchun login va parol kiriting, so‘ngra “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing.

OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tganligingiz to‘g‘risida xabarnoma oynasi chiqadi va Siz tizimda ro‘yxatdan o‘tganingiz tasdiqlanadi.

OneID tizimida akkauntni Elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlash bo‘yicha
Yo‘riqnoma

OneID tizimida akkauntingizni tasdiqlash uchun login va parolingiz bilan tizimga kiring.

OneID tizimida akkauntingizni tasdiqlash uchun “Tasdiqlash” bo‘linmasiga o‘ting, ERI kalitingizni tanlang va “Tasdiqlash” tugmasini bosing.

ERI kalitingizning parolini kiriting.

Tizimda akkauntingiz tasdiqlangani to‘g‘risida xabarnoma oynasi chiqadi va Sizning profilingiz tasdiqlanadi.

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting