Yagona portal missiyasi

Bizning missiyamiz

Aholi va tadbirkorlik subyektlariga korsatiladigan davlat xizmatlarini to’liq raqamlashtirish, ularni yagona nuqta orqali oson, tez va qulay ko’rinishda taqdim etish.

Yagona portal – vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan elektron xizmatlardan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portal yordamida elektron xizmatlardan uydan chiqmasdan turib foydalanish mumkin. Shunchaki kerakli xizmatdan foydalanish uchun elektron shakldagi so‘rovnoma to‘ldiriladi va ariza yuboriladi. Masalan bolani bog‘chaga joylashtirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, avtotransport vositalari oynalarining qoraytirishga ruxsatnoma olish, oylik ish haqi, soliqdan qarzi yoki pensiya hisobvarag‘ini tekshirish kabi ko‘plab xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish

Yagona portaldagi xizmatlardan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tiladi. 
Qo’shimcha ravishda, Elektron raqamli imzo kalitlari, Mobil-ID tizimidagi telefon raqami, NFC texnologiyasidan foydalangan holda kirish imkoniyatlari mavjud.

Nima uchun aynan Yagona portal?

Elektron xizmatlardan 24/7 tartibida foydalanish mumkin va bunda navbatlar mavjud emas;
Davlat xizmatlari uchun to‘lovlarga 10 foiz hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foizlik chegirmalar mavjud;
Soliq va jarimalar bo‘yicha qarzdorlikni aniqlash;
1000 dan ortiq kommunal va davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni bank kassalariga bormasdan turib to’lash;
Barcha hujjatlar himoyalangan QR-kod qo‘yilgan tartibda shakllanadi;
Call-markaz 1242 qisqa raqami, ijtimoiy tarmoqlar orqali 24 soat davomida fuqarolar bilan qayta aloqa yo‘lga qo‘yilgan.

Yagona portal jamoasi 

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM hamda Yagona integrator “UZINFOCOM” MChJning 60 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislari.


Yagona portal – oson, tez va qulay!

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting