Suv ta'minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish
1. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirgandan so‘ng YIDXPda so‘rovnomani to‘ldiradi va uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi (suv ta'minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi binolar, inshootlar va boshqa ob'ektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno)
2. YIDXP avtomatik tarzda so‘rovnoma va ilova qilingan hujjatlarni suv ta'minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun SQKX tashkilotiga yuboradi
3. SQKX tashkiloti 3 ish kuni mobaynida suv ta'minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ERI bilan tasdiqlash orqali kelishishi yoki kelishishni rad etashi kerak. Kelishilgan suv ta'minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborishi kerak
4. Iste'molchi xohishiga ko‘ra (loyiha kelishilganidan so‘ng) SQKX tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzishi kerak
5. SQKX tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari shartnomalarda belgilangan muddatlarda suv ta'minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishi kerak.
Call markaz: 1255
Yuridik shaxslar
Suv ta'minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi elektron shaklda
3 ish kuni mobaynida
Bepul
Umumiy statistika
Yangilari | 47 |
Jarayonda | 2 |
Tugallanganlar | 13129 |
Rad etilganlar | 1265 |
To‘lov jarayonida | 9 |
Bekor qilingan | 162 |
Barcha | 14614 |