Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish
1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi
2. Issiqlik ta’minoti korxonasi so‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi
3. Issiqlik ta’minoti korxonasi issiqlik energiyasini hisobga olish asbobi plombalangan kunning o‘zida iste’molchiga YIDXP orqali plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan rasmiylashtirilgan elektr ta’minoti shartnomasini elektron shaklda yuboradi. Bir vaqtning o‘zida issiqlik ta’minoti korxonasi hisobga olish tizimini plombalash kunida Dalolatnomani rasmiylashtiradi va Dalolatnoma rasmiylashtirilganidan keyingi soat mobaynida uni imzolash sanasini, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari bilan YIDXP orqali kelishadi
4. Iste’molchi rasmiylashtirilgan issiqlik ta’minoti shartnomasi tushganidan so‘ng besh ish kuni mobaynida uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi
5. Iste’molchi tomonidan tasdiqlangan issiqlik ta’minoti shartnomasi issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan YIDXP orqali
6. Issiqlik energiyasini yetkazib berish issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni;
qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.
Toshkent shahri uchun «Toshissiqquvvati» DUK
ishonch telefoni: +998 (71) 245-44-58, +998 (71) 245-57-61
Qolgan xududlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
ishonch telefoni: +998 (71) 234-11-03
Yuridik va jismoniy shaxslar
Talab etilmaydi
3 ish kuni mobaynida
Bepul
Umumiy statistika
Yangilari | 8 |
Jarayonda | 16 |
Tugallanganlar | 17910 |
Rad etilganlar | 976 |
To‘lov jarayonida | 7 |
Bekor qilingan | 643 |
Barcha | 19560 |