Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish
1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va ariza yuboradi;
2. Ariza shakllantirish jarayonida foydalanuvchining ID karta yoki biometrik pasportidagi rasmdan foydalanishga rozilik bildiradi, rasmdan foydalanishdan rad etgan taqdirda yangi rasmga tushish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga tashrif buyuradi;
3. Kompyuter yoki mobil telefon yordamida shakllangan yangi haydovchilik guvohnomasiga imzo chekadi;
4. To‘lovlarni amalga oshiradi va arizada belgilangan davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuradi yoki qo‘shimcha to‘lov evaziga pochta xizmati orqali 2 ish kunida haydovchilik guvohnomasini arizachi bergan manziliga yetkazib beriladi.
+998 (71) 267-64-95
Jismoniy shaxslar
Yangi haydovchilik guvohnomasini olish uchun ariza beruvchi fuqarolik pasporti yoki ID kartani taqdim etadi.
Bunda eski haydovchilik guvohnomasi va taloni davlat xizmatlari markazi xodimi yoki pochta kuryeriga topshirilishi shart.
Arizachi DXMga tashrif buyursa - 1 ish kuni,
Pochta orqali yetkazib berish - 2 ish kuni.
Yig'im
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 262500 so'm (0.7 BHM)
Umumiy statistika
Yangilari | 1228 |
Jarayonda | 3801 |
Tugallanganlar | 83204 |
Rad etilganlar | 10167 |
To‘lov jarayonida | 41446 |
Bekor qilingan | 7096 |
Barcha | 146942 |