O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomani olish
1. Arizachi YIDXPda avtorizatsiyadan o'tib, ariza shaklini to'ldiradi, yig'imni to'laydi va arizani yuboradi.
2. Vakolatli organ ish beruvchi tomonidan ko'rsatilgan bo'sh ish o'rinlari uchun mahalliy ishchi kuchi mavjudligini hisobga olgan holda chet el fuqarolarini jalb qilishning maqsadga muvofiqligini o'rganadi. Vakolatli organ arizachiga chet el fuqarolarini jalb qilishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to'g'risida xulosa yuboradi.
+998 (71) 202-33-55
Jismoniy va yuridik shaxslar
Chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;
Chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari to‘g‘risida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi ko‘rsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;
Chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;
Chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;
Viza rejimi o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar).
15 ish kuni mobaynida
Yig'im
- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 337500 so'm (0.9 BHM)
Umumiy statistika
Yangilari | 89 |
Jarayonda | 1135 |
Tugallanganlar | 52987 |
Rad etilganlar | 8002 |
To‘lov jarayonida | 4094 |
Bekor qilingan | 3560 |
Barcha | 69867 |