O'qish va xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berishga ariza yuborish
1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;
2. Yoshlar ishlari agentligi 15 kalendar kun davomida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi verifikatsiya orqali aniqlash imkoni bo‘lmasa, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni so‘rab vakolatli xorijiy tashkilotga so‘rov yuboradi;
3. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanganda 15 kun mobaynida maxsus sertifikat egasi bo‘lgan ariza beruvchilarning reyestri shakllantiriladi, reyestrga muvofiq kompensatsiya mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining hisob varag'iga moliyalashtiriladi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
4. Xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS yuborilgandan so‘ng Xalq banki filiali ariza beruvchining kompensatsiya pulini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda belgilangan kompensatsiya to‘lovini amalga oshiradi.
+998 (71) 209-01-04 (305)
Imtihon topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxs (16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan qonuniy vakil)
Imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi;
Xorijiy til darajasini belgilovchi sertifikat.
30 kun
Bepul
Umumiy statistika
Yangilari | 733 |
Jarayonda | 2328 |
Tugallanganlar | 37462 |
Rad etilganlar | 18510 |
To‘lov jarayonida | 0 |
Bekor qilingan | 2737 |
Barcha | 61770 |