icon

Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya qilish

Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik
Yuridik shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

1. Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi

2. Vakolatli organ  arizachining arizasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi hamda o‘zini-o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish uchun elektron shakldagi shartnomani yuboradi hamda hujjatlar nusxalarini ilova qilish bilan o‘zini-o‘zi baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritish uchun imkoniyat yaratadi

3. Vakolatli organ  tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimi orqali kelib tushgan o‘zini-o‘zi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlarning akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini va to‘liqligini o‘rganadi

4. Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirganidan so‘ng Akkreditatsiya organi rahbarini ko‘rsatgan holda ekspertlar guruhining tarkibini buyruq bilan tasdiqlaydi, shuningdek, tibbiyot tashkilotining tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga joylashtiriladigan tashqi kompleks baholash dasturini tuzadi

5. Ekspert guruhi joyida tashqi kompleks baholashni o‘tkazadi va tashkilotning boshqa manzilida joylashgan har bir tarkibiy bo‘linmasi, shu jumladan, filiallari bo‘yicha natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga alohida-alohida kiritadi

6. Vakolatli organ akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholash uchun to‘liq to‘lovni amalga oshirish zarurligi to‘g‘risida YIDXP orqali xabardor qiladi

7. Komissiya yig‘ilishidan so‘ng akkreditatsiyalovchi organ akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlaydi

8. Vakolatli organ Komissiyaning akkreditatsiya guvohnomasini berish to‘g‘risidagi qarori haqida akkreditatsiya obyektini xabardor qiladi va akkreditatsiya organi bilan tibbiyot tashkiloti o‘rtasidagi inspeksiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha shartnomani YIDXP orqali akkreditatsiya obyektiga elektron shaklda yuboradi

+998 (71) 241-10-67
+998 (71) 241-82-40


Arizani to'ldirish uchun ketadigan vaqt (daqiqa):


O‘rtacha baho

Baholashdi: 0 odam

Umumiy statistika

Yangilari 5
Jarayonda 0
Tugallanganlar 0
Rad etilganlar 0
To‘lov jarayonida 0
Bekor qilingan 4
Barcha 9

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting