Ishsiz deb e’tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash
1. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi hamda mahalliy mehnat organiga so‘rov yuboradi.
2. Mahalliy mehnat organi ariza beruvchini ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga oladi va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 45-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi–o‘ninchi xatboshilariga muvofiq ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etishni rad qilish uchun asoslar mavjud yoki mavjud emasligini tekshiradi. Ishsiz deb e’tirof etishni rad qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, ariza beruvchi Qonun talablarga muvofiq mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun borishi lozimligi to‘g‘risida xabardor qilinadi.
3. Ariza beruvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun boradi.
4. Mahalliy mehnat organi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etish yoki rad qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ariza beruvchini ishsiz deb e’tirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi yoki uni ishsiz deb e’tirof etish rad etilganligi to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani ariza beruvchiga elektron tarzda YIDXP orqali yuboradi.
+998 (71) 203-01-41
+998 (55) 501-04-78
Jismoniy shaxslar
Talab etilmaydi
15 kunda
Bepul
Umumiy statistika
Yangilari | 706 |
Jarayonda | 1731 |
Tugallanganlar | 245 |
Rad etilganlar | 117717 |
To‘lov jarayonida | 0 |
Bekor qilingan | 4548 |
Barcha | 124947 |