Foydali ma'lumotlar

Transport

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 321-son qaroriga muvofiq, 2023-yilning 1-dekabridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomototransport vositalarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati joriy etiladi.

Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Ichki ishlar vazirligining “Call-markazi”, rasmiy veb-sayt hamda mobil ilovadan foydalangan holda murojaat etishligi mumkin.

Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:

- guvohnoma uchun BHMning 70%;

- Ro‘yxatdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 20% to‘lov undiriladi.

Onlayn transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati bir kunda ko‘rsatilganda — qo‘shimcha to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, uch kunda ko‘rsatilganda — 3 baravari, besh kunda ko‘rsatilganda — 2 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.

Shuningdek, Davlat raqam belgisi hamda ro‘yxatdan o‘tgan guvohnomani yetkazib berish xizmati uchun alohida to‘lov undiriladi (birinchi 10 km bepul, keyingi har bir km uchun BHMning 5% miqdorida to‘lov undiriladi).

Eski shakldagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bilan bogʻliq barcha jarayonlar Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi.

 

Shuningdek ushbu xizmatdan onlayn foydalanishning imkoni mavjud boʻlib, buning uchun Siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak boʻladi.

 

1. Yagona portal orqali ariza beriladi va bank kassalari orqali toʻlovni amalga oshiriladi;

 

2. Fuqarolik pasporti, eski haydovchilik guvohnomasi, talon va toʻlovlar toʻlanganligi haqidagi kvitansiyaning asl nusxalari bilan tegishli Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuriladi;

 

3. Guvohnoma uchun Davlat xizmatlari markazida rasmga tushish (yoki rasmni jismoniy shaxslarning maʼlumotlar bazasidan olish imkoni mavjud, yaʼni guvohnomaga fuqarolik pasportidagi rasm avtomatik tarzda joylashtiriladi);

 

4. Shaxsiy imzo qoʻyiladi va yangi namunadagi guvohnoma olinadi.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunasiga almashtirishni Toshkent shahrida Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tuman Davlat xizmatlari markazi, Andijon viloyatida Andijon tumani, Buxoro viloyatida Buxoro shahar, Qorako‘l tumani, Farg‘ona viloyatida Farg‘ona shahar, Marg‘ilon shahar, Qo‘qon shahar, Jizzax viloyatida Jizzax shahar, Navoiy viloyatida Navoiy shahar, Namangan viloyatida Namangan shahar, Samarqand viloyatida Samarqand shahar, Surxondaryo viloyatida Termiz shahar, Xorazm viloyatida Xiva shahar, Qashqadaryo viloyatida Qarshi shahar va Shahrisabz tumani Davlat xizmatlari markazida amalga oshiriladi.

 

Eski haydovchilik guvohnomasi, taloni va shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport talab etiladi.

 

Guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati:

 

-2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;

-2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;

-2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;

-2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

 

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Hammasini ko'rsatish