image

Anomal sovuq yaqinlashmoqda. Hujjat ishlarini deb sovuqda qolishingiz shart emas!

10.01.2023

Yurtimizga anomal sovuq kirib kelayotganidan xabaringiz bor. Ayni vaqtda tashqarida oppoq qor va havo harorati -6 darajadan pasayib bormoqda.  Oppoq qor yaxshi, gʼuborlarni yoʼqotadi, turli infeksiyalarni “oʼldiradi”.

Biroq qor va sovuq havo sabab yo'llarda yuzaga kelgan tirbandliklar, sirpanchiq yoki erigan qor uyumlari ustida yurishning noqulayligi, avtobus kutib qolib, “sovuq oʼtishi” kabi koʼngilni xira qiladigan holatlar ham koʼpayadi...

Bugun yurtdoshlarimiz hujjat ishlarini deb sovuqda yurishlari shart emas. Elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda foydalangan ma'qul.

Masalan, davlat tashkilotlariga bormasdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berish yoki hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish  (https://my.gov.uz/uz/service/263) mumkin.

Pensionerlar va nogironlar sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olishga onlayn ariza (https://my.gov.uz/uz/service/588)  topshirish imkoniyatiga ega.

Haydovchilar avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashishga litsenziya olish (https://my.gov.uz/uz/service/308), avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma berish (https://my.gov.uz/uz/service/640) kabi xizmatlardan onlayn foydalansalar bo‘ladi.

Onalar masofadan turib bolani bog‘chaga  navbatga qo‘yish (https://my.gov.uz/uz/service/285) va navbatni tekshirishlari (https://my.gov.uz/uz/service/265) mumkin.

Turmush quradigan yoshlar keraksiz hujjatlarga ortiqcha vaqt sarflamay, nikohdan o‘tishga onlayn  ariza topshirib (https://my.gov.uz/uz/service/133) qo‘yib, FHDYga faqat to‘ydan oldin borsalar ham bo‘ladi.

Anomal sovuqdan o'zingiz va yaqinlaringizni asrang!

My.gov.uz – har qanday ob-havoda qulay!

370 dan ziyod elektron davlat xizmatlaridan oson va tez foydalaning!

 

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024
Texnik ishlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 07.06.2024 dan 10.06.2024 gacha Xalq bankining maʼlumotlar bazasida profilaktika ishlari olib boriladi.

07.06.2024
MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024