image

My.gov.uz portalidagi xizmatlar soni 400 tadan oshdi

06.04.2023

Bugun nafaqat shahar markazi, balki chekka qishloqlardagi yurtdoshlarimiz ham elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz portali orqali onlayn foydalanishlari mumkin.

Buning uchun uyimizda internetga ulangan kompyuter va noutbuk yoki yonimizda qo'l telefonimiz bo'lsa kifoya.

Masalan, hozirgi kunda oilalar davlat tashkilotlariga bormasdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish uchun ariza berishi yoki hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishi mumkin.

Hatto pensionerlar va nogironlar uyidan chiqmay turib, sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar olish imkoniyatiga ega.

Haydovchilar avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashishga litsenziya olish, avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma berish kabi xizmatlardan foydalansalar bo‘ladi.

Onalar uchun bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish  va navbatni tekshirib borish  qulayligi yaratilgan.

Turmush quradigan yoshlar keraksiz hujjatlarga ortiqcha vaqt sarflamay, nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirishlari  va FHDYOga faqat to‘ydan oldin borishlari mumkin.

My.gov.uz da joriy etilgan 400 dan ziyod elektron davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning. Vaqtingiz va naqdingizni tejang!

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024
Texnik ishlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 07.06.2024 dan 10.06.2024 gacha Xalq bankining maʼlumotlar bazasida profilaktika ishlari olib boriladi.

07.06.2024
MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024