image

Mobil qurilmangiz orqali 170 dan ziyod elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni istaysizmi?

15.05.2023

Buning uchun smartfoningizda my.gov.uz mobil ilovasi bo‘lishi  kerak.

Ushbu ilovani siz Google Play, App Store va endilikda AppGallery  platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.

One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgach, bosh sahifadayoq mavjud imkoniyatlar bilan tanishasiz.

Elektron hukumat yangiliklari va yangi ishga tushgan xizmatlardan birinchilar qatorida xabardor bo‘lasiz.

Oson topish va qulay foydalanish uchun:

-Servislar

-Top xizmatlar

-Vidjetlar

-Sohalar

-Ko‘p beriladigan savollar bo‘limlariga o‘tasiz.

Elektron davlat xizmatlaridan istalgan joyda va vaqtda foydalanishni xohlasangiz, marhamat, mobil ilovani tanlang!

Chunki my.gov.uz bilan barchasi oson, tez va qulay!

 

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024
Texnik ishlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 07.06.2024 dan 10.06.2024 gacha Xalq bankining maʼlumotlar bazasida profilaktika ishlari olib boriladi.

07.06.2024
MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024