image

Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya berish yana boshlandi!

03.10.2023

Subsidiya olishga 18 yoshga toʻlgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.

Subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar  asosida beriladi.

Hujjatga koʻra,

qishloqlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 soʻmgacha);

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming soʻmgacha);

Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 soʻmgacha) boʻlgan oilalar yuqori daromadga ega emas, deya eʼtirof etiladi.

Subsidiya uchun ariza yuborish tartibi

Fuqarolarimiz ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.

Murojaatchi my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” boʻlimiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan soʻng javobda koʻrsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat)tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1-marta beriladi.

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024
Texnik ishlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 07.06.2024 dan 10.06.2024 gacha Xalq bankining maʼlumotlar bazasida profilaktika ishlari olib boriladi.

07.06.2024
MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024