image

50 foizlik chegirmaga haqli shaxslar bor

29.01.2022

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-noyabrdan Yagona portal (my.gov.uz) va DXM orqali davlat xizmatlaridan foydalanilganda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan va I-II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma joriy etilgan.

Muhim jihati, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi!

Yagona portalda (my.gov.uz) ariza yuborish jarayonining "To‘lovga imtiyoz" bandida tegishli bo‘limni tanlash orqali ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.

Namuna: https://telegra.ph/cr-01-29-2

Chegirma qo‘llaniladigan xizmatlar ro‘yxati: https://telegra.ph/50-foizlik-chegirma-11-01

Faqat!

Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

Yagona portal – davlat xizmatlaridan foydalanishda ishonchli hamkor!
 

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024