image

Keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi

31.01.2022

“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, 2022-yilda:

Davlat xizmatlarini rivojlantirish maqsadida:

  • hujjatlarni berish va almashtirishda, o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
  • “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasi orqali tug‘ilganlik to‘g‘risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
  • keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash doirasida:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;
  • qarori, harakati noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibi joriy etiladi;
  • harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona onlayn elektron reyestr yuritiladi.

Shuningdek, jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish joriy qilinadi.

Ushbu tizimda tadbirkorlik, me’morchilik, hunardmandchilik bo‘yicha aniq loyihalari bor shaxslarga bir martalik moddiy yordam beriladi.

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024
Texnik ishlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 07.06.2024 dan 10.06.2024 gacha Xalq bankining maʼlumotlar bazasida profilaktika ishlari olib boriladi.

07.06.2024
MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024