image

Toshkent aeroportida MIBning xizmat ko‘rsatish bo‘limi ishga tushdi

20.09.2022

MIBning xizmati orqali qarz bor yoki yo‘qligini tekshirish hamda qarzdorlikka to‘lov qilish orqali shu joyni o‘zida taqiqni olib tashlash mumkin. “Toshkent” xalqaro aeroportida Majburiy ijro byurosining xizmat ko‘rsatish bo‘limi ishga tushdi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bo‘lim O‘zbekiston fuqarolarining chet elga chiqishiga taqiq qo‘yish bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarning yechimi bilan shug‘ullanadi. Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zalidagi ma’lumot stolida joylashgan bo‘limda MIB xodimlari 24/7 ishlashi ta’kidlangan. Xizmat orqali xodim yo‘lovchining iltimosiga binoan qarz bor yoki yo‘qligini aytishi mumkin

Shuningdek, qarzni to‘lab va to‘lov hujjati taqdim etilganidan so‘ng MIB xodimi tizimni yangilashi va yo‘lovchidan ketish uchun taqiqni olib tashlashi mumkin. MIB vakili to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilmaydi. Ayni paytda yo‘lovchilar faqat elektron to‘lov tizimlari (“Click”, “PayMe”, “Apelsin” va boshqalar) orqali qarzdorliklarni yopishlari mumkin.

Yaqin kunlarda auksionlar yakunlangach, Toshkent aeroportida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari o‘rnatiladi va ular orqali yo‘lovchilar nafaqat plastik kartalar, balki naqd pulda ham to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Manbaa: Uzbekistan Airports

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024