image

Do‘stlar, yangi yil yaqinlashmoqda.

27.12.2021

Do‘stlar, yangi yil yaqinlashmoqda.

Bugun oppoq qorga burkangan ko‘chalar ham qalblarimizga bayram kayfiyatini olib kirdi.

Yaqinlar xursandchiligi uchun sovg‘alar tanlash, farzandlar quvonchi uchun xonadonlarni bezash, baxtiyor oilang borligini his qilish uchun Yangi yil dasturxoni atrofida jam bo‘lish, yana quvnoq kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli o‘yinlar har birimiz intiqib kutayotgan eng yoqimli onlar, shunday emasmi?!

Bularning hammasini uddalash uchun bizga nima kerak? Albatta, vaqt va mablag‘.

Agar siz Yagona portal foydalanuvchisi bo‘lsangiz, hammasiga ulgurasiz. Yana naqdingizni ham tejaysiz.

Bayramni xotirjam o‘tkazish uchun hujjatlarni to‘g‘rilay, qarzlarni tezroq yopay, deb davlat idoralariga chopmaysiz, uzundan-uzun navbatlarda turmaysiz, ishni uyda bir piyola choy ustida ham bitiraverasiz.

Chunki my.gov.uz portalida joriy etilgan 300dan ortiq elektron xizmatlar aholimiz uchun yil mobaynida 24 soat davomida dam olishsiz ishlaydi.

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024