image

Xorijga chiqish biometrik pasportini “my.gov.uz” orqali olish tartibi belgilandi

06.01.2022

Xorijga chiqish biometrik pasportini “my.gov.uz” orqali olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (5-son, 05.01.2022-y.) bilan Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Ma’muriy reglamentga ko‘ra, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun fuqarolar arizani o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilardan biriga berishi mumkin:

  • IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga kelgan holda;
  • davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali.

Ariza berishda so‘rovnoma to‘ldiriladi, so‘rovnomada xato ma’lumotlar ko‘rsatilganda yoki hujjatlar to‘liq bo‘lmaganida, kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kuni beriladi, xatolar bartaraf etilmasa so‘rovnoma rad etiladi.

Ariza beruvchi arizasi qabul qilinganligi va fotosuratga tushish hamda qo‘l barmoq elektron izlarini olish uchun kelish kuni haqida 1 ish kunida xabardor qilinadi.

Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 ish kunida beriladi.

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024
Texnik ishlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 07.06.2024 dan 10.06.2024 gacha Xalq bankining maʼlumotlar bazasida profilaktika ishlari olib boriladi.

07.06.2024
MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024