image

Arxiv ma’lumotlarini onlayn oling!

04.04.2022

Arxiv ma’lumotlari (Mavzuli so‘rovlarni ijro etish) xizmatini my.gov.uz va uning mobil ilovasi orqali onlayn olish mumkinligidan xabardormisiz?

 My.gov.uzda ushbu xizmat (https://my.gov.uz/oz/service/517) orqali yer va uy-joy ajratish, xususiylashtirish, aholi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hokimlik qarorlari, turarjoy, meros, vorislik, 1941-1945 yillarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan shaxslar haqida ma’lumotlar olish va boshqalar qamrab olingan.

Xizmatlar narxi turiga qarab quyidagicha:

  • Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) – 135000 so‘m;
  • Turarjoylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash – 135000 so‘m;
  • Mulk huquqini aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish – 135000 so‘m;
  • Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish – 270000 so‘m.

Muhimi, xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanilganda 10 foiz chegirmaga ega bo‘lasiz!

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Barchasi oddiy va oson.

Agar Sizda yuqoridagi xizmat bo‘yicha takliflar bo‘lsa, murojaatingizni epigu@egov.uz manziliga haftaning 7 kunida, 24 soat davomida yuborishingiz mumkin.

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024