image

Elektron davlat xizmatlari bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

07.04.2022

“Inson qadri” tamoyiliga asoslangan “Siz tomon yoʼl oldik” loyihasi bu safar Toshkent viloyati bo‘ylab amaliy targ‘ibotni boshlab yubordi.

Xususan, 6-aprel kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani hokimligi binosida 100 ga yaqin, kunning ikkinchi yarmida esa Oqqo‘rg‘on tumanidagi Monomarkazda 200 ga yaqin aholi uchun elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Treninglar qiziqarli o‘tib, savol-javoblarga boy bo‘ldi. Yig‘ilganlar ortiqcha ovoragarchilikka barham beruvchi va shaffoflik tamoyillariga asoslangan elektron davlat xizmatlariga katta qiziqish bildirgani uchun Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish (OneID), elektron raqamli imzo olish, ularni my.gov.uz xizmatlaridan foydalanishda qo‘llash kabi jarayonlar real vaqt rejimida ko‘rsatib berildi.

Barcha yangiliklar

Texnik ishlar!

oriy yilning 12-14-iyun kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

12.06.2024
Hurmatli my.gov.uz foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot tizimlarida kuzatilayotgan texnik nosozliklar tufayli my.gov.uz portali orqali fuqarolik sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda pasport va manzil maʼlumotlarini olish jarayonlarida uzilishlar kuzatilmoqda.

10.06.2024
Texnik ishlar!

Hurmatli foydalanuvchilar, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 07.06.2024 dan 10.06.2024 gacha Xalq bankining maʼlumotlar bazasida profilaktika ishlari olib boriladi.

07.06.2024
MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024