image

Ko‘chmas mulk bo‘yicha aholimiz uchun yaxshi qulaylik

29.11.2021

Ko‘chmas mulk bo‘yicha aholimiz uchun yaxshi qulaylik

Yaqin-yaqingacha uy-joy, yer-mulk hujjatlari bilan bog‘liq muammolar eng og‘riqli nuqtamiz edi. Bitta mulkka ikkita ega chiqib qolishi holati ko‘pchilikni qiynardi.

Bugun raqamlashtirish tufayli mazkur muammoga ham bosqichma-bosqich barham berilmoqda.

Yagona portalda ishga tushgan “Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish” xizmati ham aholimiz uchun yaxshi qulaylik bo‘layotgani shubhasiz.

Endi my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tganlar “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish” xizmatidan foydalanish barobarida uning javobini tekshirish imkoniyatiga ham egadirlar.

Buning uchun  havola orqali "Xizmatdan foydalanish”ga o‘tish kifoya.

Xizmat to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchidan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Barcha yangiliklar

MyGov mobil ilovasining yangi talqinida yangi imkoniyatlar!

Hurmatli foydalanuvchi, ilovaning yangilangan 3.2.81 talqini foydalanishga taklif etilmoqda.

22.05.2024
my.gov.uz – «Yil brendi 2023» g’olibi!

my.gov.uz “Yil brendi 2023” tanlovida O’zbekiston iste’molchilarining ovoz berish natijalariga ko’ra g’olib bo’ldi.

21.05.2024
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz

13.05.2024
Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin

My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin

09.05.2024
My.gov.uz portalidan ajoyib yangilik

Endi siz eng talabgir boʻlgan “Ruhiy kasalliklar” yoki “Narkologiya” dispanserlaridan maʼlumotnomalarni hech qanday ariza toʻldirmasdan olishingiz mumkin.

29.04.2024