Yo'qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun ariza yuborish
1. Arizachi YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi, ariza shaklini to‘ldiradi va vakolatli organga tegishli hujjatlarni ilova qilib yuboradi.
2. Vakolatli organ ilova qilingan hujjatlarni tekshiradi va arizachiga imtihonlarga kirishi yuzasidan xabarnoma yuboradi.
Eslatma
Agar Siz 12 oy davomida avtotransport vositasini boshqargan bo‘lsangiz quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda, haydovchilik guvohnomasini imtihonlarsiz tiklash imkoniga egasiz:
- Avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;
- Ishonchnoma yoki ijara shartnomasi (mavjud bo‘lsa)
- Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta polisi.
- Haydovchilik bilan shug‘ullansa - ishxonadan maʼlumotnoma.
Agar Siz 12 oy davomida avtotransport vositasini boshqarmagan bo‘lsangiz, quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda, nazariy va amaliy imtihonlardan o‘tishingiz lozim:
- 083 tibbiy maʼlumotnoma;
- Haydovchilarni tayyorlash o‘quv maktabini bitirganlik to‘g‘risidagi hujjat.
To‘liq maʼlumot: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori, 2-ilovasi 58, 59 va 60 bandlari.
+998 (71) 267-64-95
Jismoniy shaxslar
1. Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
2. 083 shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.
3. Oxirgi bir yil davomida avtotransport vositasini boshqarganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma (ishonchnoma, haydovchilik bilan shug‘ullansa - ishxonadan maʼlumotnoma, texpasport va boshqalar).
4. Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi (nusxasi mavjud bo‘lsa).
3 kun mobaynida
Boj
- jismoniy shaxslar uchun- Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 33750 so'm (0.09 BHM)
Umumiy statistika
Yangilari | 471 |
Jarayonda | 47 |
Tugallanganlar | 450 |
Rad etilganlar | 2997 |
To‘lov jarayonida | 5472 |
Bekor qilingan | 2833 |
Barcha | 12270 |