Sun’iy intellektdan foydalanish to‘g‘risida ma’lumot
Oxirgi yangilangan sana: 05/02/2026
Sunʼiy intellekt – insonning bilim va koʻnikmalariga taqlid qilish imkonini beruvchi (shu jumladan, mustaqil ravishda oʻrganish va yechimlarni izlash) hamda aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beradigan texnologik yechimlar majmui hisoblanadi.
Sunʼiy intellekt texnologiyasi – sunʼiy intellektdan foydalanishga asoslangan texnologiyalar, shu jumladan, intellektual videotahlil, nutqni tanib olish
va sintezlash, qabul qilingan qarorlarni intellektual qoʻllab-quvvatlashning istiqbolli usullaridir.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi “AI yordamchi” chat-boti foydalanuvchilarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha maslahatlar va savollarga javoblarni hamda ayrim turdagi elektron davlat xizmatlarining natijasini sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida taqdim etadi.
Sun’iy intellekt texnologiyasi foydalanuvchilarga qulaylik yaratish, ma’lumotlarni tezkor olish va xizmatlardan foydalanish jarayonini soddalashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan yoki tavsiya qilingan ma’lumotlar to‘liq yoki yangiligi bo‘yicha kafolatlanmasligi mumkin.
Shuningdek, foydalanuvchilarga sun’iy intellekt orqali yaratilgan javoblar maslahat xususiyatiga ega ekanligi, rasmiy qarorlar, huquqiy ma’lumotlar faqat tegishli davlat organlarining tasdiqlangan hujjatlariga asoslanishi hamda zarurat tug‘ilganda foydalanuvchi rasmiy manbalarga murojaat qilishi lozimligi ma’lum qilinadi.
Foydalanuvchilar sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ma’lumotlardan mustaqil ravishda oqilona foydalanish uchun mas’ul hisoblanadilar.
Sahifadagi kontent sizga ma'qul keldimi?