image

Yana bir malaka oshirish bilan bog‘liq xizmat ishga tushdi

01.06.2022

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 33-son qarori bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish” xizmati ishga tushirildi.

Endilikda veterenariya xizmati mutaxassislari malaka oshirish uchun elektron shaklda ariza berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Xizmatdan foydalanish uchun so‘rovnomaga arizachi tomonidan faqatgina malaka oshirish yo‘nalishi, faoliyatni amalga oshirish hududi va tumani to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi. Qolgan shaxsiy ma’lumotlar (F.I.Sh, pasport ma’lumotlari va hokazolar) avtomatik tarzda to‘ldiriladi.

Xizmat uchun BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (Yagona portal orqali foydalanilganida 10% chegirma mavjud).

Malaka oshirish bilan bog‘liq xizmatlar Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.

All news

Muxlisa AI

(The chatbot is in test mode )

Call-center:
1242 1148

Speakers: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Авторизуйтесь