Barcha yangiliklar
Millat bayrogʻi – shunchaki mato boʻlagi yoki kichik bir timsol emas, u gʻururimiz, hamjihatligimiz, farovon kelajakka intilishimiz ramzidir. Unda boy tariximiz, madaniyatimiz va anʼanalarimiz mujassam.
18.11.2024👨🏫Maktablarda kuzgi ta'til davom etmoqda. Turli sabablar bilan farzandini boshqa maktabga ko’chirish istagida bo’lgan ota-onalar bu jarayonni ayni ta'til vaqtida, II chorak darslari boshlanmasidan hal qilishni rejalashtirishadi.
05.11.2024📱Endilikda my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin.
04.11.2024⚙️ Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan joriy yilning 5-noyabr kuni soat 23:50gacha texnik-profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz orqali chiqindi xizmati uchun shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olish va abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zgartirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar kuzatilishini mumkin.
01.11.2024🏠 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (O'RQ-937-son, 05.08.2024-y.) e'lon qilindi hamda mazkur Qonunga asosan fuqarolar hech qayerga murojaat qilmagan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga bo'lgan huqularni e'tirof etishlari mumkin. Bunda, Kadastr agentligi xodimlari va ishchi guruh tasdiqlangan reja grafikka asosan fuqaroni uyiga o'zlari kelishadi. Bu jarayonlar joriy yilning 5-noyabridan boshlanadi.
31.10.2024Hurmatli foydalanuvchilar! Sizlarni qisqa so‘rovnomani to‘ldirishga taklif qilamiz va bizga ilovamizni siz uchun yanada qulay va foydali qilishda yordam berishingizni so‘raymiz!
30.10.2024🟡 Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/914) portali orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin. (https://my.gov.uz/oz/service/914)
22.10.2024🧑💻 2024-yil 14-oktabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz portali orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 20-oktabr 23:59 ga qadar davom etadi.
16.10.2024⚙️ Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining "Yagona milliy mehnat tizimi"da navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan Yagona portalda talabgorlarning mehnat faoliyati ma'lumotlari bilan tanishishda va mehnat sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.
14.10.2024✅TAF!2024 doirasidagi “2024-yil reklamasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi. 🎉My.gov.uz jamoasi tanlovning ikki yo‘nalishida — “2024-yil sayti” hamda “2024-yilgi mobil ilova” nominatsiyalarida sovrindor bo‘ldi. 📱Shunday qilib, yagona portal ushbu tanlovning ikki bronzasini qo‘lga kiritdi!
14.10.2024📱 Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!
10.10.2024Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Yagona billing tizimida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalidagi pullik xizmatlardan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!
07.10.2024❓Login yoki parolingizni unutib qoʻydingizmi? 👉Xavotirga oʻrin yoʻq! Endi uni tiklash juda ham oson! 🌐 Yangi qulaylik tufayli bu jarayon yanada soddalashdi. Sizga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami va telefon raqam kerak boʻladi xalos. 📱Bunda JSHSHIRga bogʻlangan telefon raqamidan foydalanish talab etiladi. ❌ Ogoh boʻling! SIM-kartangizni hech kimga bermang! 📱Qoʻl telefoningizni begonalar qoʻliga topshirmang, qarovsiz ham qoldirmang! ▶️Login va parolni oson tiklash tartibini videoqoʻllanma orqali bilib oling: 📺 https://youtu.be/hqabRIFI0Q4
07.10.2024📱my.gov.uz — barcha muammolaringizga yechim! 🧑💻Bolani bogʻcha yoki maktabga joylashdan tortib, koʻchmas mulk xaridigacha — hammasi onlayn. ▶️https://youtu.be/OHn_7EVJtBQ
02.10.2024💐Sizlarni Oʻqituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! 🔄Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ezgu va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
01.10.2024Bugun oyning so'ngi kuni. Kommunal xizmatlar, soliq to'lovlari, jarimalar va boshqa kerakli to'lovlarni amalga oshirishni unutmang. MyGov mobil ilovasi orqali 3 800 dan ortiq turdagi xizmatlar uchun to'lovlarni onlayn amalga oshirish mavjudligini eslatib o'tamiz.
30.09.2024📱 Hurmatli nogironligi boʻlgan fuqarolar! ✅ my.gov.uz portalini yanada qulay va hammabop qilishda sizning fikr-mulohazalaringiz muhim ahamiyatga ega.
26.09.2024📱 my.gov.uz raqamli texnologiyalar haftaligi doirasida sovrinli oʻyin davom etmoqda! 🎁
19.09.2024O‘zbekiston Elektron hukumat reytingida 6 pog‘onaga yuqorilab, indeksning juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. Avvalgi reytingda 18 pog'ona ko'tarilganini inobatga olsa 2 ta reytingda umumiy 24 pog'onaga ko'tarildi.
19.09.2024▶️Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima yuzasidan shikoyat qilish tartibi (video)
10.09.2024