Muxlisa AI
(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )
-
Salom 👋
Sizga qanday yordam bera olaman? -
Xizmatlar
Foydali ma'lumotlar
Nufuzli sport musobaqalariga Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo, Paraosiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli xalqaro sport musobaqalari, O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi kiradi. Bunda:
1. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlarining nufuzi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
2. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha Jahon yoki Osiyo chempionati va kubogining nufuzi tegishli xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan belgilanadi.
3. Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari bo‘yicha Jahon chempionati va kubogining nufuzi ushbu sport musobaqalarida kamida 20 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi, Osiyo chempionati va kubogining nufuzi esa, ushbu sport musobaqalarida kamida 10 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi.
4. Xalqaro sport musobaqalarining nufuzi sport turlari bo‘yicha tegishli xalqaro sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan ro‘yxatga olingan xalqaro sport musobaqalari bo‘yicha tan olinadi. Bunda ushbu sport musobaqalarida kamida 6 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan bo‘lishi kerak.
5. O‘zbekiston Respublikasi chempionati, kubogi nufuzi ushbu sport musobaqalarining xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilishi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 martdagi "Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 118-son qarorida ko‘rsatilgan.
Malaka toifalari Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida belgilangan tartibotlarga asosan 5 yil muddatga beriladi. Ushbu muddat o‘tgandan so‘ng trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilar o‘z malaka toifalarini belgilangan tartibda qaytadan tasdiqlatishi shart.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.