Xizmatlar

Foydali ma'lumotlar

Elektron xarid

Platformalar xarid.uzex.uz, xt-xarid.uz, e-auksion.uz, xarid.uz O'zbekistonda elektron xaridlarning onlayn platformalari bo'lib, turli tovarlar va xizmatlarni xarid qilish jarayonini osonlashtirish uchun mo'ljallangan.

 

Onlayn xaridlarning afzalliklari:

Davlat idoralari va tadbirkorlik faoliyatida platformadan foydalanish: Platformalardan O‘zbekistondagi davlat idoralari, korxona va tashkilotlari xarid faoliyatini elektron shaklda samarali amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin.

Shaffoflik va samaradorlik: Bunday elektron sotib olish tizimlari shaffoflikni oshirish, hujjatlarni qisqartirish va sotib olish jarayonini optimallashtirishga qaratilgan bo'lib, uni yanada samarali va arzonroq amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

Foydalanuvchilar uchun xizmatlar: Platformalar xarid e'lonlarini joylashtirish, takliflar berish va sotib olish qoidalari va ko'rsatmalari bilan bog'liq ma'lumotlarga kirish kabi xizmatlarni taklif qilishi mumkin.

 

Hammasini ko'rsatish
Tadbirkorlik

Masʼuliyati cheklangan jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish usullari:

-onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish orqali)

-Istalgan davlat xizmatlari markazi orqali

Taqdim etiladigan hujjatlar:

arizachiningng shaxisni tasdiqlovchi hujjat

Taʼsis hujjatlar (ustav va taʼsis shartnomasi)

Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining

1 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)

Masʼuliyati cheklangan jamiyati 15-30 daqiqada davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning (https://lex.uz/docs/22525), Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 58-72-moddalar (https://lex.uz/docs/111189), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi (https://lex.uz/docs/3111347)

Kam taʼminlangan oilalarga bolalar puli va moddiy yordam berishda ularning kasanachilik yoki qishloq xoʻjaligiga mavsumiy jalb qilingan 6 oygacha boʻlgan davrda olgan daromadlari inobatga olinmaslik tartibi belgilandi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.02.2023 yildagi PQ-70-son qarori.

Hammasini ko'rsatish
Soliq

•          Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashdan ozod etiladi.

Belgilangan soliq imtiyozlari toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar miqdoriga qarab beriladi:

•          3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;

•          5 million AQSH dollaridan ortiq va 15 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;

•          15 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 10 yil muddatga.

Alohida soliqlar boʻyicha imtiyozlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga tatbiq etilmaydi. Bu cheklov turizm va chiqindilar bilan bogʻliq sohasida korxonalarga taalluqli emas.

Normativ hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3594-son Farmoni

 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil

10-maydagi 348-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3730168) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar ERI kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ERI kalitlarining sertifikatlarini olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga bevosita yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) yoki rasmiy axborot resursi orqali elektron tarzda murojaat qiladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida” 2018-yil 10-maydagi 348-son qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3730168) murojaat etuvchi ERI kalitining sertifikatini olish uchun yigʻim toʻlaydi. ERI kalitining sertifikatini olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu Maʼmuriy reglamentning 5-bandida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning oʻquvchilariga ERI kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.

Hammasini ko'rsatish