Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
  • Salom 👋
    Sizga qanday yordam bera olaman?

Xizmatlar

Foydali ma'lumotlar

FHDY

Fuqarolik kodeksi 19-modda 3-qism. Fuqaro qonunda belgilangan tartibda oʻz ismini oʻzgartirishga haqli. Fuqaroning oʻz ismini oʻzgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi.

Oila kodeksi 226-modda. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi oʻn olti yoshga toʻlgandan keyin u yashab turgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan oʻtkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini oʻzgartirishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʻmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 27-moddasi birinchi qismi 4-bandi notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni roʻyxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;). Toʻlov miqdori BHMning 1 baravari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 160-bandi: Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga toʻlgach turar joydagi FHDY organi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Agar 16 yoshga toʻlgan shaxs pasport yoki pasport oʻrnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirish haqida ariza bersa, u holda arizaga tugʻilganlik haqida guvohnoma ilova qilinadi.

Quyidagi holatlarda Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish mumkin:

 “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga binoan;

sudning hal qiluv qarori asosida;

agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz boʻlsa;

agar familiya va ism millatiga toʻgʻri kelmasa;

xohishga qarab nikohgacha boʻlgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;

oila uchun umumiy familiyada boʻlish istagi paydo boʻlganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan boʻlsa);

16 yoshga toʻlgan shaxsga otalikni belgilashda koʻrib chiqiladi.

Familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

1. ariza beruvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi;

2. agar ariza beruvchi nikohda turgan boʻlsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan boʻlsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;

3. agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari boʻlsa, u holda bolalarining tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari;

4. ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan koʻchirma;

5. agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;

6. 1 dona (3x4 oʻlchamli) fotosurat.

Oʻzgartirishlar kiritilishi uchun zarur boʻlgan dalolatnoma yozuvlari yoʻqolgan taqdirda, familiya, ism, ota ismini oʻzgartirish ushbu hujjatlar tiklangandan keyin amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrda 387-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari”ning  198-bandiga binoan, takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs dalolatnoma yozuvlarini qayd etgan FHDY organiga bevosita yoki oʻzi doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan joydagi FHDY organiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

• Nikoh nikohga kirmoqchi bo'lganlar ariza bergan kundan boshlab bir oy o'tgach, nikohga kirayotgan shaxslardan birining yashash joyidagi FHDYO organi tomonidan qayd etiladi.
• Maxsus holatlarda, istisno tariqasida (agar ota-onalar va turmush qurayotgan yoshlar o 'zbekiston Respublikasining turli mintaqalarida yoki undan tashqarida yashasa) turmush qurayotgan shaxslarning iltimosiga va ota yoki onaning yozma arizasiga ko' ra, nikoh ota-onaning yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDYO organida ro 'yxatdan o' tkazilishi mumkin.

Hammasini ko'rsatish
Adliya

Jismoniy va yuridik shaxslarga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha, shu jumladan olis joylarga chiqqan holda davlat xizmatlari koʻrsatish;

davlat xizmatlari servisining yuqori sifati, tezkorligi, shaffofligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini taʼminlash, mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik;

idoralararo hamkorlikni, eng avvalo, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjat va axborotlarni tezkorlik bilan olishni taʼminlovchi elektron hamkorlikni amalga oshirish;

davlat xizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali axborot va maslahat yordamlarini taqdim etish;

vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishda qonun hujjatlari va maʼmuriy reglamentlar talablariga rioya etilishini taʼminlash.

 

Mobile-ID tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanib, shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga muvofiq quyidagilar Vazirlik tizimiga kiradi:

Vazirlik markaziy apparati;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari;

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti;

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi;

"Adolat milliy huquqiy axborot markazi" davlat muassasasi;

"Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" davlat muassasasi;

"Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi" davlat muassasasi;

"Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi;

davlat notarial idoralari va arxivlari;

Yuristlar malakasini oshirish markazi;

Toshkent davlat yuridik universiteti;

yuridik texnikumlar;

Akademik litsey.

Hammasini ko'rsatish