Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda)

Call-center:
1242 1148

  • Salom 👋
    Sizga qanday yordam bera olaman?

Xizmatlar

Foydali ma'lumotlar

UJKX

a) aholi uchun:

- isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish toʼgʼrisida yozma yoki elektron shaklda ariza, xonadon kadastr hujjati nusxasi, pasport nusxasi va oʼzini oʼzi boshqarish organining yashovchilar sonini tasdiqlaydigan maʼlumotnomasi ilova qilingan holda taqdim etadi;

- berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti korxonasining mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan oʼrganiladi. Oʼrganish yakunlari boʼyicha gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi hisobiga individual gaz ballonlari, gazdan foydalanuvchi uskuna (turi va miqdori) va shamollatish uchun tuynuklarning joylashuvini oʼz ichiga olgan gazlashtirish eskizi ishlab chiqiladi;

b) ijtimoiy soha obʼektlari uchun:

- isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga gazlashtirish toʼgʼrisidagi arizani yozma yoki elektron shaklda davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma, gazdan foydalanuvchi uskunalar soni va ularning joylashuv rejasi nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi, tadbirkorlik subʼekti davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma bundan mustasno;

- berilgan ariza uch ish kuni mobaynida gaz taʼminoti tashkiloti mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib gaz taʼminotining texnik imkoniyati jihatidan oʼrganiladi. Oʼrganish yakunlari boʼyicha isteʼmolchi hisobiga ichki gaz quvuriga, gazdan foydalanuvchi uskunalarga (turi va miqdori), individual, guruhli gaz ballonlari, rezervuar sigʼimlar va suyultirilgan uglevodorod gazi isteʼmoli hisobini yuritish asbobining joylashuviga qoʼyiladigan talablarni oʼz ichiga olgan gazlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi (davomi VMning 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori1-ilova, 5-bob).

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.08.2019-yildagi 698-son qarori

HETK xodimlari hisobga olish uskunasini qiyoslashdan oʻtkazgandan keyin 3 ish kuni ichida talabgor bilan kelishilgan vaqtda talabgor ishtirokida Reglamentga muvofiq hisobga olish uskunasini oʻrnatish toʻgʻrisida uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamgʻalaydi. Dalolatnomaning bir nusxasi talabgorda qoldiriladi.

Agar hisobga olish uskunalarini faqat yechish va (yoki) oʻrnatish (qiyoslashdan oʻtkazmasdan) talab etilganda HETK plomba qoʻyishni hisoblagich oʻrnatilgandan soʻng bir vaqtda amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-sonli qarorining 3-ilovasiga ko‘ra, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

jismoniy shaxslar uchun — 8 yil;

yuridik shaxslar uchun — 4 yilni tashkil etadi.

Ta’minotchi korxona hisobga olish uskunasini davriy tekshiruvdan o‘tkazishning amal qilish muddati tugashidan 30 kun oldin talabgorni hisobga olish uskunasini davriy tekshiruvdan o‘tkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi.

Talabgorlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:

jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;

yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Bunda hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha bir vaqtda murojaat qilinganda yig‘im summasi bir marta undiriladi.

Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilarida belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Hammasini ko'rsatish