Muxlisa AI
(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )
-
Salom 👋
Sizga qanday yordam bera olaman? -
Foydali ma'lumotlar
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran hisoblanadi va o‘n ikki oylik davr ichida ko‘pi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida to‘lanadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish, o‘z qobiliyatini rivojlantirish uchun butun umri davomida ta'lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv ta'limini rivojlantirish, ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan, malaka oshirishdan o‘tishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta ta'lim olishi va o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim olishi ta'minlanadi.
Nogironligi bo‘lgan bolalarni ta'lim muassasalarida o‘qitishning vaqtincha imkoni bo‘lmasa, shifokorlar tavsiyalari asosida va ota-onasining, qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda o‘qitilishi ta'minlanadi, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarning bepul umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, o‘rta maxsus va professional ta'lim olishini kafolatlaydi.
Maxsus o‘quv qo‘llanmalari, adabiyotlar, surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta'lim berish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish turli shakllarda, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibda o‘qitish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Imo-ishora tili O‘zbekiston Respublikasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxslararo muomala vositasi sifatida e'tirof etiladi.
Qoʻshimcha imtiyozlarga ega boʻlish uchun xorijiy sarmoyadorlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar) ga qoʻyiladigan talablar:
— Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan xorijiy sarmoyadorga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va himoya choralariga qoʻshimcha (imtiyoz va preferensiyalar) taqdim etish uchun majburiy tartibda sarmoya shartnomasi tuziladi.
Sarmoya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi timsolida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va xorijiy sarmoyador (sarmoyadorlar) oʻrtasida tuziladi.
Sarmoya shartnomasini tayyorlash uchun xorijiy sarmoyador Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
• sarmoya shartnomasi loyihasi;
• qonunchilik bilan belgilangan hollarda mutassaddi organlarda ekspertiza oʻtgan texnik-iqtisodiy dalillar (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) asosida amalga oshirilgan asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar;
• Adliya vazirligi xulosasi — sarmoya shartnomasi loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish sohasida;
• xorijiy sarmoyadorlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar)ga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va himoya choralariga qoʻshimcha ravishda soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish sohasida Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi xulosalari.
Xorijiy sarmoyador sarmoya shartnomasida oʻrnatilgan tartib va muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga zimma olingan majburiyatlar ijrosi boʻyicha hisobotlar taqdim etadi.
Masʼuliyati cheklangan jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish usullari:
-onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali (elektron raqamli imzo olish orqali)
-Istalgan davlat xizmatlari markazi orqali
Taqdim etiladigan hujjatlar:
arizachiningng shaxisni tasdiqlovchi hujjat
Taʼsis hujjatlar (ustav va taʼsis shartnomasi)
Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining
1 baravari. (onlayn tartibda 90 foizi)
Masʼuliyati cheklangan jamiyati 15-30 daqiqada davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning (https://lex.uz/docs/22525), Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 58-72-moddalar (https://lex.uz/docs/111189), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi (https://lex.uz/docs/3111347)
Kam taʼminlangan oilalarga bolalar puli va moddiy yordam berishda ularning kasanachilik yoki qishloq xoʻjaligiga mavsumiy jalb qilingan 6 oygacha boʻlgan davrda olgan daromadlari inobatga olinmaslik tartibi belgilandi.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.02.2023 yildagi PQ-70-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-sonli qaroriga asosan “OLIY, O‘RTA MAXSUS VA PROFESSIONAL TA’LIM TASHKILOTLARIDA TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA O‘QISH UCHUN TA’LIM KREDITLARI AJRATISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi qarorida talabalarning ta'lim kreditini olish tartibi, asoslari va shartlari belgilangan.
Ta'lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta'lim tashkilotlarining kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a'zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari ta'lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Oliy ta'lim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta'lim krediti ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit oluvchi ta'lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ta'lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;
b) talaba va oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
d) bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq ta'lim krediti qaytarilishining ta'minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta'lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma'lumot va hujjatlar
Eksternat maktablar tomonidan ariza beruvchining so‘rovnomasi hamda ilova qilingan hujjatlari ikki kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish, o‘z qobiliyatini rivojlantirish uchun butun umri davomida ta'lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning inklyuziv ta'limini rivojlantirish, ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan, malaka oshirishdan o‘tishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta ta'lim olishi va o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim olishi ta'minlanadi. Nogironligi bo‘lgan bolalarni ta'lim muassasalarida o‘qitishning vaqtincha imkoni bo‘lmasa, shifokorlar tavsiyalari asosida va ota-onasining, qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda o‘qitilishi ta'minlanadi,
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat nogironligi bo‘lgan bolalarning bepul umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, o‘rta maxsus va professional ta'lim olishini kafolatlaydi.
Maxsus o‘quv qo‘llanmalari, adabiyotlar, surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta'lim berish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish turli shakllarda, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibda o‘qitish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Imo-ishora tili O‘zbekiston Respublikasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning shaxslararo muomala vositasi sifatida e'tirof etiladi.