Muxlisa AI
(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )
-
Salom 👋
Sizga qanday yordam bera olaman? -
Xizmatlar
Foydali ma'lumotlar
Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subʼektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.
Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida IOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli bo‘lgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari bo‘yicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.
Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga koʻra mehnat stajiga qoʻshiladi:
2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun - yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda ishlaganligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga chet eldagi ishi Oʻzbekiston Respublikasida ishlanganiga toʻgʻri keladigan stajning 1/3 hissasidan oshmagan miqdorda stajga qoʻshiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomning 29-ilovasi bilan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasporti tasdiqlangan. Ushbu xizmatning pasporti bilan tanishish uchun havoladan (https://lex.uz/ru/docs/5870213) foydalanishingiz mumkin.
O’qish joyidan ma’lumotnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishingiz mumkin.
“Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha maʼlumot” xizmatidan foydalanib, Siz fuqaroning doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgani to‘g‘risida maʼlumot olishingiz mumkin. Buning uchun JSHSHIR, pasport seriyasi va raqami (agar bo‘lsa, ID kartanikini), tug‘ilgan sanangizni kiritishingiz kerak. Maʼlumotlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlar bazasidan olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktyabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan, doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi, roʻyxatdan chiqqanligi, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi, shuningdeq, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlar taqdim etiladi.
license.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy sayti bo‘lib, turli faoliyat yoki tadbirkorlik faoliyati uchun litsenziyalar berish va boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Litsenziyalar berish: license.gov.uz O'zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga ariza berish va litsenziya berishni osonlashtiradigan platforma hisoblanadi. Ushbu litsenziyalar biznes operatsiyalari, professional xizmatlar va boshqalar kabi keng ko'lamli faoliyatga tegishli bo'lishi mumkin.
Normativ talablarga muvofiqligi: platformada muayyan litsenziyalarni olish uchun zarur bo'lgan me'yoriy talablar, hujjatlar va protseduralar to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Bu korxonalar va jismoniy shaxslarning o'z sohalarida huquqiy va tartibga solish standartlariga rioya qilishlarini ta'minlashga yordam beradi.
Onlayn ariza berish: foydalanuvchilar litsenziya olish uchun ariza berish, to'lovlarni to'lash va arizalarining holatini elektron shaklda kuzatib borish imkoniyati jarayonini osonlashtiradi.
Manba va tavsiyalar: platformada ariza beruvchilarga litsenziyalash jarayonini tushunishga va kerakli mezonlarga javob berishga yordam beradigan manbalar, tavsiyalar va tez-tez so'raladigan savollar mavjud.
Kontaktlar va havolalar:
Sayt: license.gov.uz
E-mail: info@adliya.uz
Telefon: (71) 207-00-66 yoki 1148