Muxlisa AI
(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )
-
Salom 👋
Sizga qanday yordam bera olaman? -
Foydali ma'lumotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.08.2019-yildagi 698-son qarori
HGTT xodimlari hisobga olish uskunasini qiyoslashdan o‘tkazgandan keyin 3 ish kuni ichida talabgor bilan kelishilgan vaqtda talabgor ishtirokida ushbu Reglamentga 5 va 6-ilovalarga muvofiq shakldagi hisobga olish uskunasini o‘rnatish to‘g‘risida uch nusxada dalolatnoma tuzgan holda tamg‘alanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi talabgorda qoldiriladi.
Agar hisobga olish uskunalarini faqat yechish va (yoki) o‘rnatish (qiyoslashdan o‘tkazmasdan) talab etilganda HGTT plomba qo‘yishni hisoblagich o‘rnatilgandan so‘ng bir vaqtda amalga oshiradi.
Buning uchun “Kommunal xizmatlar” xizmatidan foydalanib, ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar balansi bilan tanishish mumkin. Boshqa uy-joyning kommunal xizmatlar uchun hisoblari holatini ko‘rish uchun shaxsiy kabinetdagi “Ko‘chmas mulk” bo‘limida kadastr raqamini kiritib, “Kommunal xizmatlar”dan foydalanganda “Boshqa uyni tanlash” opsiyasi belgilanadi. Shuningdek, onlayn to‘lov tizimlari orqali ham to‘lash imkoniyati mavjud, buning uchun tegishli kommunal xizmat qatoridagi “To‘lash” tugmasi bosiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentlarga asosan, Hisobga olish uskunasi talabgorning aybisiz vaqtinchalik buzilganda yoki qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olinganda, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob hisobga olish buzilishiga yoki qiyoslashdan o‘tkazishga qadar bo‘lgan oldingi uch hisob-kitob oyidagi o‘rtacha sarf bo‘yicha aniqlanadi. Hisob-kitobning bunday tartibi bir oydan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas.