Muxlisa AI
(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )
-
Salom 👋
Sizga qanday yordam bera olaman? -
Xizmatlar
Foydali ma'lumotlar
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi PF-51-son Farmoni.
Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-maydan boshlab professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi.
Ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1 (bir) marta beriladi. Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma u berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
Bunda talabgor foydalanmagan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z xohishiga ko‘ra komissiyaga yozma ariza bilan murojaat etib rad etishi mumkin.
Komissiya talabgorning rad etish to‘g‘risidagi arizasiga asosan kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda dasturiy ta’minot tizimiga tegishli tuzatishlar kiritadi (subsidiya olish to‘g‘risidagi topshirilgan ariza bekor qilinishi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga xabar beradi). Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, ushbu hudud uchun belgilangan subsidiyalar ajratishning parametrlarida rad etilgan subsidiyalar soni qayta inobatga olinadi.
Kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomasi yoki arizasi rad etilgan talabgor yoki ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda bir yilda qayta (ikki marta) murojaat qilishga haqli.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2024 yildagi PF-70-son Farmoniga muvofiq, kambagʼallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʼlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million soʼmgacha ipoteka kreditlari ajratilishi belgilangan.