Muxlisa AI

(Yordamchi-bot o'zbek tilida sinov rejimida ishlamoqda. Boshqa tillar kelgusida qo'shiladi)

Call-center:
1242 1148

  • Salom 👋
    Sizga qanday yordam bera olaman?

Xizmatlar

Foydali ma'lumotlar

Sog‘liq va ijtimoiy himoya
Hammasini ko'rsatish
Onalar uchun imtiyozlar
Hammasini ko'rsatish
Ijtimoiy masalalar va tibbiy-ijtimoiy xizmatlar

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (https://lex.uz/docs/3242574) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom xususiy tibbiy faoliyatni litsenziyalash Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Litsenziya yuridik shaxslarga beriladi. Litsenziya olish uchun arizaga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi maʼlumot ilova qilinishi lozim.

Arizani koʻrib chiqish uchun BXMning 2 baravari yigʻim hamda ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya berish uchun BHMning 5 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Ariza umumiy tartibda 20 kun muddat koʻrib chiqiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-son (https://lex.uz/docs/3601227) qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, taʼlim faoliyati yoʻnalishlari roʻyxati aniq koʻrsatiladi. Litsenziat qoʻshimcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat olib bormoqchi boʻlsa litsenziyalovchi organga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berishi shart.

Litsenziya ariza olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qayta rasmiylashtiriladi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-son qarori (https://lex.uz/docs/3204383#3204437) bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar va ularning filiallari orqali amalga oshiriladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) besh yil muddatga beriladi.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

a) dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya etish;

b) yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan, qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan dorixonalarning xodimlari reestriga (keyingi oʻrinlarda xodimlar reestri deb ataladi) kiritilmagan dorixona mudirining mavjudligi;

v) litsenziat tomonidan dorixona filiali ochilishida — yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik maʼlumotga yoki farmatsevt assistenti (yordamchisi) ixtisosligi boʻyicha oʻrta maxsus kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan dorixona filiali mudirining mavjudligi;

g) xodimlar reestriga kiritilmagan shaxslardan dorixona va dorixona filiali xodimlari tarkibini shakllantirish;

d) belgilangan tartibda dorixona va/yoki dorixona filiali mudiri malakasini oshirish;

e) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish uchun moʻljallangan, oʻziga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan, mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan talablarga muvofiq hamda qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qoʻpol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reestriga kiritilmagan bino (xonalar)ning mavjudligi;

j) mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiq moddiy-texnik bazaning mavjudligi;

z) dorixona mudiri oʻzgarishi, dorixona filiali mudiri oʻzgarishi, dorixona filiali yopilishi haqida mazkur holat yuz bergandan soʻng oʻn kun muddatda litsenziyalovchi organga mazkur Nizomga

3-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha tuzilgan yozma ravishda xabarnoma taqdim etish;

i) mazkur Nizomda belgilangan holatlar, muddatlar va miqdorlarda yigʻim va davlat bojlarini toʻlash;

k) dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya (sotish) qilish jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash (qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallari bundan mustasno).

Hammasini ko'rsatish