Xizmat: Tovarlarni elektron deklaratsiyalash

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.

OneID orqali kirish
Bojxona
Barcha shaxslarga ko'rsatiladi
Yarimavtomatik

Xizmat tavsifi

Mazkur xizmat orqali tadbirkorlar bojxona yuk deklaratsiyasini yoki bojxona qiymatiga tuzatishlar (BQT) kiritish shakllarini elektron taqdim etishlari mumkin

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Bepul

Xizmatning sohaga tegishliligi

Yuklar uchun bojxona deklaratsiyasi

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

  • O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 20 yanvardagi O‘RQ-400-son “O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” qonuni;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 iyuldagi 605-son “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarori.

Xizmatni ko`rsatish muddati

Avtomatik tarzda

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

Maxsus "e-BYuD 4" (qo‘llanma) dasturi yordamida XML formatida rasmiylashtirilgan DBD yoki KTS shakli.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

Rad etish sabablari

Qog‘oz manbalardagi hujjatlarni o‘rganish natijasida bojxona organi xodimi:

  • bojxona qonunchiligi buzilishi mavjud bo‘lmagan holatda — taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq miqdorda taqdim etgan shaxsga qaytaradi;
  • huquqbuzarlik aniqlanganda — qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘radi.

Bog`lanish

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100003, Toshkent sh., Chilonzor t-ni, O'zbekiston shoh ko'chasi, 3 uy

Telefon: +998 (71) 120-76-00 (2859),(2838)

Faks: +998 (71) 120-76-41

E-mail: info@customs.uz

Veb sayt: www.customs.uz

Tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

Shikoyat arizasi berish tartibi

Bojxona organi xizmatchisi tomonidan hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa, bojxona deklarantiga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ma’lumot 3 soat ichida yuboriladi.

Bu qanday ishlaydi?

  • Ruxsat etish xususiyatiga ega va boshqa hujjatlar idoralararo elektron hamkorlik orqali “EAIS” tizimiga kiritiladi.
  • Ariza yubogan shaxsga ruxsat etish xususiyatiga ega va boshqa hujjatlar taqdim etiladi.
  • Elektron deklaratsiya va kerakli hujjatlar tayyorlanadi, elektron raqamli imzo bilan imzo qo‘yiladi va “AISEDT” orqali bojxona tashkilotlariga yuboriladi.
  • Tovarlarni bojxonada elektron ko‘rinishda rasmiylashtiradigan hodimga elektron deklaratsiya yuboriladi.
  • Kamchiliklar aniqlansa, bojxonada rasmiylashtiruvсhi mutaxassisga yuboriladi.