Avvallari uy-joy, yer-mulk hujjatlari bilan bog‘liq muammolar eng og‘riqli nuqtamiz edi. Bitta mulkka ikkita ega chiqib qolishi holati ham ko‘pchilikni qiynardi.
Bugun raqamlashtirish tufayli mazkur muammolarga bosqichma-bosqich barham berilmoqda.
Hozirgi kunda my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tganlar “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish” xizmatidan foydalanish barobarida uning javobini tekshirish imkoniyatiga ham egadirlar.
“Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish” xizmati to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchidan hech qanday hujjat talab etilmaydi.