Abituriyentlar diqqatiga!

28.07.2023

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga my.gov.uz portali orqali ruxsatnomalarni berish boshlandi.

“Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.gov.uz portalidagi “Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish”  xizmatidan foydalanib, telefon raqam va parolni kiritgan holda yuklab olish mumkin.

Ruxsatnomada test topshirish sanasi, joyi kabi muhim ma’lumotlar qayd etilgan bo‘ladi.

Eslatma!

Abituriyentlar test sinovlariga kechikmasdan, albatta pasport (ID-karta) va ruxsatnomasi bilan kelishlari shart. Aks holda test sinovlariga kirishga ruxsat berilmaydi!

Barcha abituriyentlarga imtihonlarda omad tilaymiz!

 

 

 

 

Barcha yangiliklar

Yangi xizmat!

Majburiy sugʻurtalash endi — my.gov.uz da!

23.11.2023
Buni hamma bilishi kerak!

Elektron raqamli imzoni onlayn shakllantirish uchun foydalanuvchi o‘z fuqarolik pasporti bilan selfi ko‘rinishida rasmga tushishi zarur.

17.11.2023
Haydovchilik guvohnomangizni tezroq almashtiring!

Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirishning muddati 2023-yil 31-dekabrda yakunlanadi!

13.11.2023
O‘z o‘zini band qilgan shaxslar my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin!

Bunga ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanmaydi. Ushbu xizmatdan foydalanish bir qancha imkoniyatlarni beradi.

02.11.2023
O‘zbekiston 2030 strategiyasidagi 100 ta maqsaddan sohamizga belgilanganlariga erishish uchun navbatdagi AKT haftaligi muhim qadam bo‘ladi

33-maqsad - Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yana-da ommalashtirish uchun birinchi marotaba haftalik doirasida IT taʼlim forumi o‘tkazilmoqda. Bu 2030 yilga kelib 300 ming yoshlarimizni IT sohasida yuqori maoshli ish bilan taʼminlash bo‘yicha asosiy samaradorlik ko‘rsatkichimizga erishishga yordam beradi.

23.10.2023