image

O‘zbekiston 2030 strategiyasidagi 100 ta maqsaddan sohamizga belgilanganlariga erishish uchun navbatdagi AKT haftaligi muhim qadam bo‘ladi

23.10.2023

33-maqsad - Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yana-da ommalashtirish uchun birinchi marotaba haftalik doirasida IT taʼlim forumi o‘tkazilmoqda. Bu 2030 yilga kelib 300 ming yoshlarimizni IT sohasida yuqori maoshli ish bilan taʼminlash bo‘yicha asosiy samaradorlik ko‘rsatkichimizga erishishga yordam beradi.

57-maqsad - mamlakatni mintaqaviy IT-NUBga aylantirish bo‘yicha chet eldan yuzlab mehmonlar taklif etilgan va ular uchun maxsus O‘zbekiston autsorsing forumi tashkil etilmoqda. Chet ellik sayt selektorlar va OAV vakillari O‘zbekistondagi sharoitlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib ketishlari mamlakatimizga IT autsorsing kompaniyalarining ko‘proq kirib kelishiga va 2030 yilgacha yillik eksportni 5 mlrd dollarga chiqarishga yordam beradi.

77-maqsad - Davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha Raqamli hukumat - insonlar uchun mavzusidagi sammitda qatnashadigan xalqaro ekspertlar va davlat idoralarining raqamlashtirish bo‘yicha masʼullari ushbu maqsaddagi 2030 yilga kelib dunyodagi TOP 30ta aholi va tadbirkorlarga eng yaxshi raqamli xizmatlar ko‘rsatadigan mamlakatlar qatoriga chiqish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni batafsil ko‘rib chiqishga imkon beradi.

Va albatta boshqa qator tadbirlar, shu jumladan AKT ko‘rgazmasi ham raqamlashtirish sohasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochishga yordam beradi.

Barchani 24-27 oktyabr kunlari o‘tadigan ko‘rgazmaga ham taklif etamiz. Manzil: “CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan), Toshkent sh., Milliy bog‘ ko‘chasi, 1 uy (Central Asian University yonida). Ayniqsa oxirgi kuni 27-oktyabrda barcha yoshlarimiz uchun ko‘rgazmadagi kompaniyalar tomonidan ish o‘rinlari yarmarkasi ham tashkil etiladi

Barcha yangiliklar

✨ Ilmiy unvon va darajalar bo‘yicha hujjatlar my.gov.uz'da❗️

💻 Yagona portalda "Ilmiy unvon va darajalar (PhD, DSc, professor, dotsent va katta ilmiy xodim) bo‘yicha davlat namunasidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish" xizmati ishga tushirilgan.

12.03.2025
▶️ Tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma olish tartibi bilan tanishing

🚶🏽 Vaqtingizni davlat tashkilotlariga borish, navbatlarda turishga sarflamang.

11.03.2025
⚡️ my.gov.uz orqali “Doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyish” qulaylashdi!

🟡 Xizmat qadamlari qisqartirildi va mulkdorga tegishli koʻchmas mulk maʼlumotlari avtomat ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi.

11.03.2025
Tabriklaymiz 💐

🌸 8-Mart – bahor nafasi va go‘zallik bayrami! 🌷

08.03.2025
🌿 Ekologiya – bizning kelajagimiz! 🌱

2025 yil Atrof-muhitni muhofaza qilish yili deb e’lon qilindi va bu sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishni bugundan boshlash uchun ajoyib imkoniyat! 🌍

06.03.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting