image

My.gov.uz portalidan yana bir yangi xizmat oʻrin oldi

30.11.2023

Endi yuridik shaxslar “Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini” uydan chiqmagan holda olishlari mumkin.

Ushbu pasport radiotexnika vositalaridan foydalanishda Radiotexnik inshootlarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena meʼyorlarga rioya etilishini kafolatlovchi zaruriy hujjatdir.

Sanitariya pasportini olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

- Radiotexnik inshootning atrof-muhit muhofazasi loyihasi

Hujjatni onlayn olish tartibi qanday?

- my.gov.uz portalidan tegishli xizmat tanlanadi;

- kerakli maʼlumotlarni koʻrsatgan holda soʻrovnoma toʻldiriladi;

- talab qilingan hujjatlar nusxasi ilova qilinadi va yuborish tugmasi bosiladi.

Xizmat narxi qancha?

Yagona portal orqali topshirilganda 10% chegirma hisobiga — 594000 soʻm (1.8 BHM)

Sanitariya pasporti 14 ish kunida taqdim etiladi.

 

 

Barcha yangiliklar

❗️MyGov ilovasini yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi!

📱 MyGov ilovasi tobora ko'proq yurtdoshlarimiz e'tiborini qozonmoqda. So'nggi bir necha oy ichida yuklab olishlar soni 3 milliondan oshdi! Bu o'sishning 83% Android, 17% iOS qurilmalariga to'g'ri keladi.

05.09.2024
🏠 Uy ijarasiga talab oshmoqda!

💻 Uyni my.gov.uz orqali ijaraga berish oson va qulay! Bu qanday amalga oshiriladi?

04.09.2024
📣 E‘lon!

💻Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 30-avgust soat 22:00 dan 3-sentabr 18:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

30.08.2024
❗️Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

📆 Demak: ✅ 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

30.08.2024
⚡️Oʻzbekistonda chet tillarini bilishga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda

📱 2024-yilning yanvar-avgust oylarida my.gov.uz orqali “Chet tilini bilish darajasini aniqlash (https://my.gov.uz/oz/service/559)” davlat xizmatiga jami 166 408 ta ariza topshirildi. Shundan 126 383 nafar talabgor chet tillari boʻyicha sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

28.08.2024