image

Bolalarni bog‘chaga YIDXP orqali joylashtirish

16.12.2020

2018-yil 1-Apreldan eʼtiboran bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish va navbatga ko‘yish YIDXP my.gov.uz va davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilib kelinmoqda.

Bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga onlayn tarzda joylashtirish imkoniyati barcha ota-onalarga qulaylik yaratdi, bundan tashqari yuz mingdan ortiq ota-onalar ushbu elektron xizmatdan foydalanishga muvaffaq bo‘lishdi.

Xizmatga o‘tish uchun:

Sizga ushbu xizmatdan qanday foydalanish haqida batafsil maʼlumotni quyidagi havola yordamida YIDXP my.gov.uz orqali aytib o‘tmoqchimiz: https://youtu.be/Ao1XCal6yR8

Barcha yangiliklar

❗️Ota-onalar uchun ajoyib qulaylik! 

📱Endilikda my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin. 

04.11.2024
📣Eʼlon!

⚙️ Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan joriy yilning 5-noyabr kuni soat 23:50gacha texnik-profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz orqali chiqindi xizmati uchun shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olish va abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zgartirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar kuzatilishini mumkin.

01.11.2024
Ko'chmas mulkga oid yangiliklardan xabardormisiz❗️

🏠 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (O'RQ-937-son, 05.08.2024-y.) e'lon qilindi hamda mazkur Qonunga asosan fuqarolar hech qayerga murojaat qilmagan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga bo'lgan huqularni e'tirof etishlari mumkin. Bunda, Kadastr agentligi xodimlari va ishchi guruh tasdiqlangan reja grafikka asosan fuqaroni uyiga o'zlari kelishadi. Bu jarayonlar joriy yilning 5-noyabridan boshlanadi.

31.10.2024
✅ Iltimos, qisqa so‘rovnomani to‘ldiring

Hurmatli foydalanuvchilar! Sizlarni qisqa so‘rovnomani to‘ldirishga taklif qilamiz va bizga ilovamizni siz uchun yanada qulay va foydali qilishda yordam berishingizni so‘raymiz!

30.10.2024
⚡️ Talabgorlarga qulaylik!

🟡 Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/914) portali orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin. (https://my.gov.uz/oz/service/914)

22.10.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda)

Call-center:
1242 1148

Avtorizatsiyadan o‘ting