image

Oʻzbekiston bayrogʻi – gʻururimiz ramzidir!

18.11.2024

Millat bayrogʻi – shunchaki mato boʻlagi yoki kichik bir timsol emas, u gʻururimiz, hamjihatligimiz, farovon kelajakka intilishimiz ramzidir. Unda boy tariximiz, madaniyatimiz va anʼanalarimiz mujassam.

⚪️ Biz Oʻzbekiston farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz. Yurtimiz madaniyati va urf-odatlarini qadrlaymiz. Vatan bayrogʻi millatimiz, dinimiz, tilimizdan qatʼi nazar, barchamizning hamjihat bir xalq ekanligimiz ramzidir.

🌙Biz yurtimiz, farzandlarimiz kelajagi goʻzal boʻlishi uchun intilamiz. Oʻzbekiston bayrogʻi – umidimiz, taraqqiyotga intilishimizda kuch oluvchi dastagimizdir.

Biz ona Vatanimiz va mangu hilpirovchi bayrogʻimiz bilan hamisha faxrlanamiz!

❗️33 yoshing muborak boʻlsin, Oʻzbekistonim bayrogʻi!

Barcha yangiliklar

❗️Endilikda mehnat shartnomalari elektron shaklda tuziladi!

🟡 Hukumat qaroriga muvofiq ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” (YAMMT) orqali elektron tarzda rasmiylashtiriladi.

13.01.2025
🔐 Mulkingizni qo’riqlash xizmatiga topshirmoqchimisiz?

🧑‍💻Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin. Buning uchun to‘lov undirilmaydi.

13.01.2025
🔵Uydan chiqmagan holda pensiya miqdorini bilish mumkin!

📲my.gov.uz portali orqali "SMS-PENSIYA" xizmatiga telefon raqamini onlayn ulash imkoniyatidan foydalaning (raqamingiz o‘zgargan bo‘lsa, yangisini kiriting).

11.01.2025
📣E'lon!

📱 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali axborot tizimlarida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalining Mobil ilovasidan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

10.01.2025
✨ 2024-yil natijalari ✨

🟡 Yil yakuni bizni yangi yutuqlar bilan xursand qildi!

09.01.2025

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suxandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting