image

Suv uchun ruxsatnoma 

10.08.2021

Endilikda suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste'mol qilishga ruxsatnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda olish mumkin.

Bilamizki, suv – hayot manbai. Ayniqsa, buni qurg‘oqchil mintaqada joylashgan davlatlar, jumladan, mamlakatimiz aholisi ham juda yaxshi biladi. 

Suv – inson hayoti uchun zarur bo‘lgan eng muhim tabiiy resurs. U oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, energiya va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, odamlarning maishiy va sanitar-gigienik ehtiyojlarini qondirish kabi jarayonlarda tengsizdir.

Yer sharidagi barcha suv zaxirasining 97,2% okeanlarda jamlangan. Biroq uning tarkibi o‘ta sho‘rligi uchun iste'molga yaroqsiz hisoblanadi. Suv zaxirasining 2,2% esa yer yuzi va tog‘liklarni qoplagan muzliklardagi chuchuk suvlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shunday ekan, tabiatning ushbu qimmatli resursini tejashimiz, asrab-avaylashimiz darkor. Buning uchun esa nazorat va tartib juda muhim.

Huquqiy hujjatga ko‘ra, ushbu ruxsatnoma suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste'mol qilishni, shu jumladan, suvni olishni va oqova suvlarni oqizib yuborishni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga tatbiq qilinadi. 

Jismoniy shaxslarning kommunal suv quvurlari va kanalizasiyaning markazlashtirilgan tarmoqlaridan sutkasiga 5 m3gacha suvdan umumiy foydalanishida esa tatbiq etilmaydi.

Ruxsatnoma olmasdan suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste'mol qilish taqiqlanadi.

Avvallari bu turdagi ruxsatnomalarni olish uchun tegishli tashkilotlarga bir qancha hujjatlar bilan qayta-qayta murojaat etilardi. Hozirgi kunda elektron hukumat tufayli idoralararo o‘zaro bog‘lanish va kelishish elektron tarzda yo‘lga qo‘yilgan.

Barcha yangiliklar

Oʻzbekiston bayrogʻi – gʻururimiz ramzidir!

Millat bayrogʻi – shunchaki mato boʻlagi yoki kichik bir timsol emas, u gʻururimiz, hamjihatligimiz, farovon kelajakka intilishimiz ramzidir. Unda boy tariximiz, madaniyatimiz va anʼanalarimiz mujassam.

18.11.2024
📱 Bolani maktabdan maktabga onlayn koʻchirish mumkin

👨‍🏫Maktablarda kuzgi ta'til davom etmoqda. Turli sabablar bilan farzandini boshqa maktabga ko’chirish istagida bo’lgan ota-onalar bu jarayonni ayni ta'til vaqtida, II chorak darslari boshlanmasidan hal qilishni rejalashtirishadi.

05.11.2024
❗️Ota-onalar uchun ajoyib qulaylik! 

📱Endilikda my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin. 

04.11.2024
📣Eʼlon!

⚙️ Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan joriy yilning 5-noyabr kuni soat 23:50gacha texnik-profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz orqali chiqindi xizmati uchun shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olish va abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zgartirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar kuzatilishini mumkin.

01.11.2024
Ko'chmas mulkga oid yangiliklardan xabardormisiz❗️

🏠 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (O'RQ-937-son, 05.08.2024-y.) e'lon qilindi hamda mazkur Qonunga asosan fuqarolar hech qayerga murojaat qilmagan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga bo'lgan huqularni e'tirof etishlari mumkin. Bunda, Kadastr agentligi xodimlari va ishchi guruh tasdiqlangan reja grafikka asosan fuqaroni uyiga o'zlari kelishadi. Bu jarayonlar joriy yilning 5-noyabridan boshlanadi.

31.10.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda)

Call-center:
1242 1148

Avtorizatsiyadan o‘ting