Yosh ulg‘aygan sari har birimiz pensiya haqida o‘ylab, keksalik gashtini surishni niyat qilamiz.
Ayniqsa, bir davraga yig‘ilib qolgan nuroniylar pensiya mavzusiga to‘xtalishi aniq. Masalan, biri nafaqa puli oshganini, biri aynan shuni bilolmayotganini, boshqasi esa bunday ma’lumotlarni olish uchun ko‘p ovora bo‘layotganini gapirib qoladi...
Agar shu kabi savollar sizni ham o‘ylantirayotgan bo‘lsa, albatta Yagona portal imkoniyatlaridan foydalaning. Ya’ni pensiyangiz haqidagi ma’lumotlarni uyingizdan chiqmagan holda my.gov.uz orqali bir zumda oling.
Unutmang! Xizmat mutlaqo bepul.
Shunday ekan, my.gov.uz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!