Estoniya Yevropadagi aksariyat ishlar onlaynda hal qilinadigan raqamli davlatga aylanganiga ancha boʼldi. U yerda aholiga koʼrsatiladigan elektron xizmatlar soni 600 dan oshgan, tadbirkorlar uchun esa — 2 400 taga yetkazilgan! Yaʼni Estoniyada kompyuterdan uzoqlashmasdan turib, katta bir kompaniyaga 18 daqiqada asos solish mumkin.
Yaqinda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining bir guruh xodimlari oʼzaro tajriba almashish maqsadida Estoniya davlatida boʼlib qaytishdi.
Bugun mazkur safar taassurotlari, Estoniyaning raqamlashtirish jarayoniga qanday kirib borgani, nimalarga erishgani, shuningdek, yutuq va kamchiliklari borasidagi suhbatni eʼtiboringizga havola etmoqdamiz.