image

Advokat litsenziyasi my.gov.uz orqali!

08.08.2022

Hukumat qarori (432-son, 05.08.2022-y.) bilan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko'ra, advokatlik faoliyatini litsenziyalash quyidagi ixtisosliklar bo'yicha amalga oshiriladi:

▫️fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
▫️ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.

Har bir advokat tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo'yicha malaka imtihoni topshirish huquqiga ega. Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq bo'lishi kerak:

▫️O'zbekiston fuqarosi bo'lishi;
▫️oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi;
▫️yuridik mutaxassislik bo'yicha kamida 2 yil ish stajiga ega bo'lishi;
▫️advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o'tagan bo'lishi;
▫️malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo'lishi.

Talabgor litsenziya olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi. Arizalar har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat'i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Tanlangan har bir ixtisoslik bo'yicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun 3 oy ichida tegishli litsenziyalovchi organ (Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari)ga murojaat qilishi kerak. Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo'yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O'zbekistonning butun hududida amal qiladi. Arizani ko'rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (150 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi. Yig'im to'langach, ariza avtomatik tarzda talabgorning doimiy yashash joyidagi litsenziyalovchi organga yuboriladi.  Shunga ko'ra, ariza 10 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga xabarnoma yuboriladi. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oydan ortiq bo'lmagan muddatga davlat boji (BHMning 1 baravari – 300 ming so'm) to'laydi. Davlat boji to'langach, talabgorga elektron shaklda QR-kod qo'yilgan litsenziya yuboriladi.   

Mazkur tartib 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
 

Barcha yangiliklar

Haydovchilik guvohnomasini oson yangilang❗️

🪪 Haydovchilik guvohnomangizni uydan chiqmagan holda oʻzingiz my.gov.uz portali orqali yangilang.

06.12.2024
Eʼlon❗️

⚙️ Soliq qoʻmitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasini yangi serverlarga bosqichma-bosqich koʻchirish ishlari davom etayotgani munosabat bilan, 2024-yil 7-dekabr soat 00:00 dan 10-dekabr soat 06:00 ga qadar my.gov.uz orqali koʻrsatiladigan ayrim elektron soliq xizmatlari (soliq toʻlovlari, deklaratsiya, quyoshli xonadon va h.k.) faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

05.12.2024
⚡️MyGov mobil ilovasida oliy ta’limga oid xizmatlar soni 11 taga yetdi

📱 my.gov.uz portali va uning mobil ilovasi orqali quyidagi xizmatlardan onlayn foydalanishingiz mumkin:

05.12.2024
🏠 Uyingiz yashash uchun yaroqsiz holatdami?

🧑‍💻 my.gov.uz portalida yangi ishga tushirilgan xizmat tufayli bunga yechim topishingiz mumkin.

29.11.2024
Eʼlon❗️

⚙️Soliq qoʻmitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasini yangi serverlarga bosqichma-bosqich koʻchirish ishlari davom etayotgani munosabat bilan, 2024-yil 30-noyabr soat 00:00 dan 2-dekabr soat 06:00 ga qadar my.gov.uz orqali koʻrsatiladigan ayrim elektron soliq xizmatlari (soliq toʻlovlari, deklaratsiya, quyoshli xonadon va h.k.) faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

28.11.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda)

Call-center:
1242 1148

Avtorizatsiyadan o‘ting