image

Subsidiya olish boʻyicha ajoyib yangilik

13.10.2022

Bu xushxabar nogironligi boʻlgan shaxslar va, ayniqsa, ularni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun quvonchlidir!

Endilikda my.gov.uz orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar subsidiya olishlari mumkin!

Arizalar 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya olishlari mumkun.

Bandlikka ko‘maklashish markazi ishga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haqiqatan ishlayotganligini monitoring qilib boradi.

Xizmatdan foydalanish bepul, shuningdek, juda oson va qulay.

 

 

Barcha yangiliklar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

18.12.2024
❄️ Qishning sovuq kunlarida uyda o'tirib ma'lumotnoma oling!

🌨 Hech kimga sir emaski, qishda ko'chada yurish, ayniqsa, turli idoralarda navbat kutish juda noqulay. Yaxshiyamki, endi ko'plab ma'lumotnomalarni onlayn olish mumkin!

17.12.2024
🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️

❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi❓

16.12.2024
❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

14.12.2024
⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

13.12.2024

Muxlisa AI

(Yordamchi-bot sinov rejimida ishlamoqda )

Call-center:
1242 1148

Suhandon: 🙋🏻‍♀️ 🙋🏻‍♂️
Avtorizatsiyadan o‘ting