Avvalo, biz sizni “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” bilan tabriklaymiz!
Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mazkur sana munosabati bilan 16-17-noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, Toshkent shahridagi AMITY hamda INHA universitetlari bilan hamkorlikda ushbu oliygohlarda tahsil olayotgan yoshlar uchun noan’anaviy uchrashuv tashkil etmoqda.
Bo‘lib o‘tadigan uchrashuv – foydali taqdimotlar va sovrinli tanlovi bilan yanada qiziqarli.
O‘zaro fikr almashish maydoniga aylanuvchi tadbirdan yoshlarimiz yangi bilim va ko‘nikmalar olish barobarida “aqlli” sovg‘alardan bir nechtasini qo‘lga kiritishlari ham mumkin.
Shoshiling, biz sizni 16-noyabr soat 15:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU oliygohida.
17-noyabr kuni soat 9:00 da Toshkent shahridagi INHA va 12:00 da AMITY universitetlarida kutamiz.