Barcha yangiliklar

Barcha yangiliklar

O‘zbekistonda Mobile ID dan foydalanish boshlandi!

“Elektron hukumat” tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile-ID (mobil telefon orqali) sinov tartibida ishga tushdi.

07.09.2022
Diqqat!!! Muhim xabar!

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Avtomototransport hisobi” va "Haydovchilik guvohnomasi" axborot tizimlari yangi “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga o‘tayotganligi munosabati bilan my.gov.uz orqali avtomototransport vositalari bilan bog‘liq (Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish, Avtotransport oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish, Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma berish) xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelmoqda.

06.09.2022
Advokat litsenziyasi my.gov.uz orqali!

Hukumat qarori (432-son, 05.08.2022-y.) bilan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. 

08.08.2022
Abituriyentlar diqqatiga!  My.gov.uz orqali imtihonga kirish ruxsatnomalarini yuklab oling!

Abituriyentlar diqqatiga!  My.gov.uz orqali imtihonga kirish ruxsatnomalarini yuklab oling!

04.08.2022
Yana 3 ta yangi xizmat: imtiyoz, imkoniyat va qulayliklari bilan!

My.gov.uz da nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir uchta elektron davlat xizmati ishga tushirildi.

01.08.2022
Diqqat, eʼlon!

Ichki ishlar vazirligidagi markaziy server qurilmalarida navbatdagi profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 22-iyul kuni my.gov.uz portalidagi eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmatini ko'rsatishda vaqtinchalik uzulishlar kuzatilishi mumkin.

22.07.2022
Abituriyentlar, vaqt oz qoldi! Shoshiling

Hukumat qarori bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul muddati uzaytirilib, abituriyentlarni my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatga olish (https://my.gov.uz/uz/service/259) ham joriy yilning 27-iyuliga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadigan bo‘ldi.

20.07.2022
“E-Kontrakt” - tizimida profilaktika

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “E-Kontrakt” axborot tizimida tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2022-yilning 10-iyul kuni soat 9:00 dan 13:00gacha my.gov.uz portalidagi «Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish» elektron xizmati ishchi faoliyatida bo‘lmaydi.

08.07.2022
My.gov.uz – yoshlar bilan birga!

Bugun, 30-iyun – serquyosh, farovon o‘lkamizda Yoshlar kuni. Yurtimizdagi har bir yoshning chinakam bayrami.

30.06.2022
Yana bir yangi qulaylik!

My.gov.uz orqali xalqaro IT-sertifikat yoki o‘qish uchun sarflangan xarajatning 50 foizi qoplab beriladi.

27.06.2022
My.gov.uz orqali qancha maosh olayotganingizni kuzatib boring!

Xabaringiz bor, Prezident farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-iyunidan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi 12 foizga oshirildi.

16.06.2022
My.gov.uz da nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday imkoniyatlar bor?

Hozirgi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar nafaqa tayinlashga my.gov.uz orqali onlayn ariza berish imkoniyatiga egadirlar.

14.06.2022
Sotib olmoqchi boʼlgan hovli-joyingiz "Snos"ga tushmaganmikin?

Endi buni osongina aniqlashtirish mumkin.

07.06.2022
Bitta xizmat orqali oyiga qancha elektr, gaz va suv ishlatayotganingizni nazorat qiling!

Buning uchun my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish va o‘zingiz yashayotgan xonadonning kadastr raqamini biriktirib qo‘yish kifoya.

03.06.2022
Smartfon orqali “tonirovka”ga ruxsatnoma olish yanada qulaylashdi!

Issiq kunlar yaqinlashgan sari haydovchilar o‘z avtotransportlari oynalari tusini o‘zgartirish haqida ko‘proq bosh qotirishadi.

02.06.2022
Diqqat, 1-sinfga qabul my.gov.uz orqali bo‘ladi!

“Xalq ta’limi tizimida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (295-son, 01.06.2022-y.) qabul qilindi.

02.06.2022
1-iyundan “Elektron hukumat”da qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2022-yil 1-iyundan O‘zbekiston qonunchiligida kuchga kiradigan elektron hukumat doirasidagi ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tamiz.

01.06.2022
Yana bir malaka oshirish bilan bog‘liq xizmat ishga tushdi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 33-son qarori bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish” xizmati ishga tushirildi.

01.06.2022
Diqqat e'lon!

Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

28.05.2022
«Xayr, maktabim!»

Bu yil respublikamizdagi maktablarning 11-sinfini jami 392,9 ming nafar o‘quvchi tamomlamoqda!

26.05.2022