Barcha yangiliklar

Endilikda fuqarolarimiz my.gov.uz orqali koʻp yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga boʻlgan huquqlarni masofadan turib davlat roʻyxatidan oʻtkazish imkoniyatiga ega.
02.12.2022
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushirildi. Endi qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan nodavlat ta'lim tashkilotlari ham bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.
30.11.2022
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yana koronavirus kasalligiga chalinganlar soni ortayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Oʻzingiz, yaqinlar va atrofdagilar salomatligiga befarq boʻlmang! Shamollash alomatlarini sezdingizmi, uyda qoling! Hayotiy vaziyatlarda my.gov.uz imkoniyatlaridan onlayn foydalaning.
27.11.2022
Joriy yilning 24-25-noyabr kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Surxondaryo viloyati bo‘ylab aholi va keng jamoatchilik vakillari uchun elektron davlat xizmatlari hamda my.gov.uz (YIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazishadi.
23.11.2022
Buning uchun my.gov.uz dan roʻyxatdan oʻting va maʼlumotnomalarni olish uchun ariza yuboring. Ayrim maʼlumotnomalar avtomat tarzda shakllantiriladi.
18.11.2022
Avvalo, biz sizni “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” bilan tabriklaymiz! Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mazkur sana munosabati bilan 16-17-noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, Toshkent shahridagi AMITY hamda INHA universitetlari bilan hamkorlikda ushbu oliygohlarda tahsil olayotgan yoshlar uchun noan’anaviy uchrashuv tashkil etmoqda.
16.11.2022
Endi buning uchun “O‘zarxiv” agentligiga borish, navbat kutish shart emas. Kompyuter yoki telefon qurilmamiz orqali ham ma’lum bir tashkilotda ishlagan davrimizdagi ish haqi va ish stajiga oid ma’lumotnomani onlayn olsak bo‘ladi.
12.11.2022
Davlat personallashtirish Markazi "Markaziy avtomatlashtirilgan axborot tizimi”da xizmatlar ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan texnik ishlar munosabati bilan my.gov.uz da mazkur tashkilotning xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga ariza berish elektron davlat xizmati vaqtinchalik o‘chirilganligini ma’lum qilamiz.
04.11.2022
Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Navoiy viloyati bo‘ylab aholi va keng jamoatchilik vakillari uchun elektron davlat xizmatlari hamda my.gov.uz (YIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazishadi.
04.11.2022
Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan muddati tugagan biometrik pasportlarni kechiktirmagan holda ID-kartalarga almashtirishlarini so‘ramoqda.
01.11.2022
Sammitni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tabrik so‘zi bilan ochdi.
24.10.2022
2022-yilning 24-26-oktyabr kunlari Samarqand shahrida yana bir katta tadbir – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi.
18.10.2022
Bu xushxabar nogironligi boʻlgan shaxslar va, ayniqsa, ularni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun quvonchlidir!
13.10.2022
“Siz tomon yoʼl oldik” loyihasining navbatdagi amaliy targ‘iboti Xorazm viloyati bo‘ylab davom etmoqda.
12.10.2022
Joriy yilning 12-14-oktabr kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Xorazm viloyati bo‘ylab aholi va keng jamoatchilik vakillari uchun elektron davlat xizmatlari hamda my.gov.uz (YIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazishadi.
10.10.2022
Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimlari yangilanayotganligi munosabati bilan my.gov.uz dagi bojxona faoliyati bilan bog‘liq elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
21.09.2022
MIBning xizmati orqali qarz bor yoki yo‘qligini tekshirish hamda qarzdorlikka to‘lov qilish orqali shu joyni o‘zida taqiqni olib tashlash mumkin.
20.09.2022
Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi «Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha aholi ko‘nikmalarini oshirish bo‘limi»ga ishga taklif etadi.
15.09.2022
Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi barcha yurtdoshlarimizni elektron davlat xizmatlarini qulayligini oshirish maqsadida 4 ta savoldan iborat qisqa so‘rovnomada qatnashishga taklif etadi.
13.09.2022
My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi!
13.09.2022